Men uchun bundan ulugʻ baxt, bundan buyuk sharaf va masʼuliyat yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas — Shavkat Mirziyoyev xalq ishonchi haqida

13:09 09 Sentyabr 2021 Siyosat
574 0

— Bugun sizlarning eʼtiboringizga havola qilingan Yangi Oʻzbekiston strategiyasi, hech shubhasiz, saylovoldi uchrashuvlarida jamoatchiligimiz, xalqimiz tomonidan bildiriladigan qoʻshimcha fikrlar, taklif va tashabbuslar hisobiga, yanada boyitiladi va takomillashtiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev OʻzLiDeP syezdida. — Shu asosda ushbu Dasturimizni har tomonlama mukammallashtirib, barchamiz bir jonu, bir tan boʻlib, birgalikda amalga oshirishimiz lozim.

Ushbu Strategiya – el-yurtimizning islohotlarimizga boʻlgan ishonchi, shu yoʻldagi amaliy harakatlaridan kuch-qudrat olib, butun xalqimizni Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi atrofida birlashtiradigan, tom maʼnodagi umummilliy dasturga aylanishi uchun butun xalqimiz avvalo, partiyamiz aʼzolari astoydil birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Chunki, bu Strategiya mard va mehnatkash xalqimizning azaliy orzu-intilishlari va tub manfaatlarini ifoda etishga qaratilgan.

Xalq ishonchi qanday buyuk qudrat va ilhom manbai ekanini, oʻtgan yillar davomida barchamiz chin yurakdan his etib kelmoqdamiz, desam, oʻylaymanki, sizlar ham bu fikrga qoʻshilasiz.

Aynan ana shu buyuk ishonch eng qiyin damlarda bizga umid va madad berdi, vujudimizga – kuch, ruhimizga qanot bagʻishladi.

Bizga togʻdek tayanch boʻlib turgan moʻtabar nuroniylarimiz, mehribon onalar, azamat aka-ukalarimiz, oqila opa-singillarimiz, navqiron avlodimizga tayanib, tanlagan yoʻlimizdan dadil ilgari bormoqdamiz.

Ana shu yuksak ishonchga munosib boʻlish, xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari hamda uning baxt-saodati yoʻlida, bor kuch-gʻayratim, bilim va salohiyatimni safarbar etish, men uchun hamisha hayotimning mazmuni boʻlib kelgan va bundan keyin ham, hamisha shunday boʻlib qoladi.

Men uchun bund́an ulugʻ baxt, bund́an buyuk sharaf va masʼuliyat yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?