“Men terrorchi emasman” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtdi

11:32 12 Yanvar 2021 Madaniyat
360 0

«Oʻzbekkino» Milliy agentligi, “Mir Ali cinema” va “Iskandariy visual” kinokompaniyalari bilan hamkorlikda, Oʻzbekiston Respublikasi DXX koʻmagida suratga olingan “Men terrorchi emasman” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtdi.

“Men terrorchi emasman” badiiy filmi oʻtkir syujetli harbiy drama janrida boʻlib, real voqealarga asoslangan. Unda terrorchilik guruhlariga qoʻshilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Mazkur filmning 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan harbiylar uchun ham maxsus namoyishi boʻlib oʻtadi.

Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Muhammad Ali Iskandarov, operator Husan Atabayev, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, kompozitor Jasur Badalboyev, prodyuser Firdavs Abduxolikov, ijrochi prodyuser Nodir Moʻminov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?