“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Asrol Toshkenboyev vafot etdi

16:41 04 Avgust 2021 Madaniyat
1663 0

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Oʻzbekiston davlat satira teatrining yetakchi sahna ustasi Toshkenboyev Asrol Gaziboyevich 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Oʻz ijodiy faoliyatini 1963-yilda Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali drama teatrida boshlagan A.Toshkenboyev 1968-yilda Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatrida davom ettiradi.

1989-yili Abdulla Qahhor nomidagi Respublika Satira teatri tashkil etilgach, ushbu teatrning taʼmal toshini qoʻygan ijodkorlar sifatida shu dargohda ish boshlab, hozirgi kunga qadar mehnat qildi. Oʻz sohasining yetakchi sahna ustasi darajasiga yetishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?