Mehnat qilib, daromad topishga ishtiyoqi yuqori amudaryoliklar

18:16 07 May 2021 Jamiyat
794 0

Hasan PAYDOYEV - "Xalq so'zi"

Mamlakatimizda sektorlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi joylardagi mavjud muammolarni hududlar kesimida bartaraf qilish hamda xalqimizni rozi qilishga xizmat qilmoqda.  Bugungi kunda har bir sektor rahbarlari mahallabay, xonadonbay tamoili asosida o‘z hududlaridagi muammolarni o‘rganib, bandlik, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni ijobiy hal qilish choralarini ko‘rmoqdalar. Аmudaryo tumani 2-sektor hududida 17 ta ovul hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘lib, 11 ming 480 dan ortiq xonadon bor. 

Yangi uylar qurilib, eskilari taʼmirlandi

Аmudaryo tumani 2-sektor rahbari va unga biriktirilgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan uyma-uy yurib, hududdagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning xonadonlari ko‘zdan kechirildi. Shunda hududda yashovchi bir necha aholining turar joyi avariya holatida ekanligi aniqlandi. Sektor rahbari tashabbusi bilan tuman hokimligi hamda homiylar ko‘magida “Bog‘” MFYda yashovchi B.Mo‘ldag‘ilievga yangidan turar joy qurib berildi. Bundan tashqari sektor hududidagi “Qilichboy” OFY, “O‘rtaqalʼa”, “Qoramon” hamda “Bog‘” MFYda yashovchi 6 nafar aholining xonadonlari qayta taʼmirlab berildi. Shuningdek, 3 ta fuqaroning avariya holatiga kelib qolgan uylari o‘rnidan yangitdan zamonaviy 3 xonali turarjoylar qurib berildi. Shuningdek, sektor hududidagi ijtimoiy obʼektlarni o‘rganish natijasida “Farovon”, “Xizr eli”, “Yuqori qishloq” MFY hamda “O‘rta qalʼa” OFY hududidagi jami 12,4 km. ichki yo‘llar sektor rahbari tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali shag‘al yotqizilib taʼmirlash ishlari olib borilgan. 

Bandlik masalasi qanday hal etilyapti?

Hududdagi ishsiz aholining bandligini taʼminlash ularning doimiy daromad manbayiga ega bo‘lishlari uchun “Yuqori qishloq” MFY hududidagi bo‘sh turgan bino sektor rahbari tashabbusi bilan homiylar tomonidan taʼmirlanib, “Tamara tekstil” MChJ bilan hamkorlikda tikuvchilik sexi tashkil qilindi. Ushbu sexda 15 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi. Shu bilan birga, “ayollar” hamda “yoshlar” daftariga kiritilgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

“Tamara tekstil” MChJ bilan hamkorlikda sektor hududidagi “Besh ovul”, “Toshqalʼa” MFY hamda “Qilichboy” OFY hududidagi bo‘sh turgan binolarda tikuvchilik sexlari tashkil qilingan. Ushbu tikuvchilik sexda tayyorlangan mahsulotlar tuman bozorida sotish uchun maxsus rasta ajratilgan. Bu tadbirlar natijasida shu yerda ishli bo‘lgan xotin-qizlar doimiy daromad manbayiga ham ega bo‘lishdi. 

Shu bilan birga, sektor rahbari tomonidan kasanachilikni rivojlantirish maqsadida hududidagi “Аmir Temur” OFYda 30 ta xonadon aʼzolari junni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ishlariga jalb qilindi. Shundan 5 xonadon gilam to‘qish, 2 ta xonadonda jun paypoq to‘qish, 4 ta xonadonda kigiz bosish, 12 ta xonadon kalava-ip egirish, 12 ta xonadonda esa junni yuvish hamda tarash bo‘yash ishlari boshlab yuborildi. Ushbu mahsulotlarni “Qipchoq” ko‘chasida va savdo kompleksida 2 ta o‘rinda sotish tashkil qilindi. 

— Ko‘p vaqtlardan buyon ishsiz edim, — deydi ushbu hududda yashovchi Tirkash Tuvakov. — Mana, ikkinchi sektor yordami bilan gilam to‘qish uskunasi olib berildi. Hozirda oila aʼzolarimizdan tashqari qo‘shnilarimiz Gulbahor Gijirova, Omongul Xojageldieva, Dilnoza Boyarova, Gulandon Raxova hamda Dildora Rajapovalar ishli bo‘lishdi. Muhimi sektor rahbarlarining tashabbusi bilan bo‘layotgan bu xayrli ish tufayli necha yillardan buyon to‘xtab qolgan gilamchilik sohasini yana qayta tiklashga amaliy yordam berildi. 
Ushbu mahalladagi Ziya Xanjievada ham ishsiz edi.

Shu sababli qarindoshlari Xanjieva Kumush, Xonova Jamila, Xallieva Ogulnabat hamda Maxmudova Sapargullar bilan birgalikda uyida junni yuvib kalava-ip ishlab chiqarib, gilam, turkman polosi hamda kigiz to‘qishni boshlab yubordi.

Xonadonlarga tuman prokurori tashabbusi bilan boshlayotgan ishini jadallashtirish va kunlik daromadini topish bo‘yitcha 30 ta xonadonga 30 ta qozon, 30 ta junni tarash uskunasi (taroq), 30 ta xonadonga jun egirish uskunasi (urshiq), 5 ta xonadonga gilam to‘qish hamda 12 ta xonadonga turkman polosi to‘qish uskunasi tarqatib berildi. Shu bilan birga, ijtimoiy yozrdamga muhtoj bo‘lgan ishsizlar o‘zini o‘zi band qilgani va kredit mablag‘larini so‘ndirishga yo‘naltirilgan jami 255 mln. so‘m pul mablag‘lari subsidiya jamg‘armasi hisobidan ajratish ishlari olib borilmoqda. 

— Ishlash istagini bildirgan 529 nafar yoshlarimizning bandligi taʼminlandi, — deydi Аmudaryo tuman prokurori, adliya maslahatchisi Javlanbek Muftullaev. — “Har bir yoshga — bir gektar” tamoyili asosida 1890 nafar yoshlarimizga qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirib, o‘zini band qilishlari uchun yer maydonlari ajratib beridli. 54 nafar yoshlarimizga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit mablag‘lari ajratildi. 175 nafar yoshni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitib sertifikatlar berildi.

Masalan, sektor hududidagi “Do‘rman” OFY hududidagi 7 ta fermer xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlaridan 131 nafar yoshlarga yer maydoni ajratildi. Xususan “Pirnazarp To‘rabaev” fermer xo‘jaligiga qarashli 5,5 gektar yer maydonida o‘z dehqonchiligini yo‘lga qo‘ygan Muborak Jumatova, Eldor Nurmetov, Xosiyat Sabirovalar poliz ekinlari ekib, hozirgi kunda ekinlari hosilga kirish arafasida turibdi.

Shuningdek, 2-sektor hududidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 183 nafar ayolning 78 nafariga tadbirkorlik qilish uchun 1 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilishiga amaliy yordam berildi. Jumladan, tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha 16 nafariga 350,0 ming so‘mlik, parrandachilik yo‘nalishi bo‘yicha 20 nafariga 350,6 ming so‘mlik, maishiy xizmat yo‘nalishi bo‘yicha 36 nafariga 126,6 ming so‘mlik, asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafariga 29,8 ming so‘mlik, boshqa yo‘nalishlarda 5 nafariga 144,0 ming so‘mlik kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. 

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi — amalda

Sektor hududidagi “Do‘stlik” MFY hududidagi “ayollar daftari”gi kiritilgan fuqaro Gulnora Xudaybergenova “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida 33 mln. so‘m imtiyozli kredit ajaratildi. Buning natijasida, G. Xudaybergenova hozirgi kunda par yostiq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yb, o‘zidan tashqari mahallasidagi 3 nafar ishsiz aholining bandligini taʼminlashga hissasini qo‘shdi.

Biz, mazkur tumandagi 2-sektor faoliyati va hududdagi ijtimoiy yordamga muhtoj aholi ishlari bilan tanishib, to‘g‘risi quvondik. Sababi sektordan ozgina ko‘mak olib yoki huquqiy maslahat olib ishini yo‘lga qo‘yib olayotgan aholida allaqachon boqimandalik kayfiyati yo‘qolgan.

Ular yoshlarmi yoxud xotin-qizlarmi mehnat qilish, daromad topishga ishtiyoqi yuqoriligi so‘zi va ishida ko‘rinib turibdi. Eʼtiborlisi, Аmudaryo tumanidagi 2-sektor rahbari aholining turmush darajasini yanada ko‘tarish uchun jamoasi bilan birgalikda bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishga tayyorligini bildirmoqda. 

 

G‘ayrat OTАJONOV 
“Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?