Mehnat muhofazasi — xodimning xavfsizligi va ish samaradorligi asosi

13:16 17 Mart 2025 Jamiyat
95 0

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati kengashining 2025-yil I yarim yillik ish rejasiga asosan, bugun Yuqori Chirchiq tumani “Sultonravot” madaniyat markazida “Mehnat muhofazasi — xodimning xavfsizligi va ish samaradorligi asosi” mavzuida amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarga “Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi” Yuqori Chirchiq tuman kengashi, kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlar – maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari ish beruvchilari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlar taklif etildi.

Tadbirda tegishli soha mas’ullari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha ta’lim sohasidagi muammolar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’ruza qilindi.

Seminar ishtirokchilari kerakli ma’lumotlarni olib, ayrim savollarga to‘liq javoblar oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?