Mehnat migrantlari holidan xabar olindi

Foto: Xalq so‘zi
Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyat boʻlimi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamda boshqa tegishli soha vakillaridan iborat ishchi guruhi Rossiya Federatsiyasining Murmansk viloyati va Sankt-Peterburg shahridagi ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashdilar.
Safardan koʻzlangan asosiy maqsad uzoq oʻlkalardagi vatandoshlarimiz holidan xabar olish, migrantlar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish va ularning haq-huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Tashrif doirasida ishchi guruh aʼzolari bilan Murmansk viloyati gubernatorining oʻrinbosari Yelena Dyagilova boshchiligidagi bir guruh vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrtasida rasmiy uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv samimiy ruhda kechib, unda mehnat migratsiyasi bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy, fan va taʼlim, madaniy hamda axborot texnologiyalari sohasida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ishchi guruh aʼzolari yirik ish beruvchilar - "Renessans heavy industries“, «Velestroy», «Saren» kabi kompaniyalarda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashdi. Soʻng Sankt-Peterburg shahrida 300 nafarga yaqin yurtdoshimiz ishlayotgan yirik muz saroyi – “SKA Arena” qurilishida ham boʻlib, kompaniya rahbariyati va ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi.
Shuningdek, Vsevolojskiy tumanidagi “ENKA” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan yuqori texnologiyalarga asoslangan koʻp funksiyali tibbiy kompleks qurilishi bilan tanishdilar.
Maʼlumot uchun. Ushbu obyektda ming nafarga yaqin yurtdoshimiz mehnat qiladi. Tashrif davomida mehnat migrantlariga yaratilgan sharoitlar, ularning taklif va muammolari oʻrganilib, viloyat delegatsiyasi nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring