Mehmonlar sharafiga qabul marosimi oʻtkazildi

08:08 16 Sentyabr 2022 Siyosat
402 0

Foto: president.uz

Davlat rahbarlari birgalikda “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga bordi.

Ushbu majmuada qadimiy shaharlarimiz qiyofasi, milliy anʼanalarimiz bilan birga doʻst xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan. Xususan, Afrosiyob yodgorligi devorlarida saqlanib qolgan Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan.

Bunday maʼno-mazmun, tarix va bugungi kun uygʻunligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shu yerda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar yetakchilarining tashrifi sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qabul marosimi oʻtkazildi.

Davlat rahbarlari oʻrtasida samimiy muloqot boʻldi. Ular Samarqand sammiti yuksak saviyada oʻtayotgani, bugun ikki tomonlama uchrashuvlarda muhim kelishuvlarga erishilganini qayd etdilar.

Sahnadagi kuy-qoʻshiqlarda oʻzaro hurmat va doʻstlik, tinchlik, mehr-muhabbat kabi umumbashariy qadriyatlar tarannum etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar bugun, 16-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?