Mebelsozlar “Taraqqiyot”da jamlandi

14:46 25 Iyul 2025 Jamiyat
160 0

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Yangi Namangan tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida hunarmandlar uchun zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi yaratilib, mohir ustalar bir joyga toʻplanmoqda.

Bu maskanda dastlab oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan ishbilarmonlar orasida yakka tartibagi tadbirkor Xayrullo Oxunov ham bor. U 8 milliard soʻm qiymatdagi loyihasini muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarib, 35 nafar mebelsozni birlashtirgan holda yuqori sifatli eshik va romlarni tayyorlamoqda.

— 10 gektar maydonni egallagan kichik sanoat zonasida hammasi boʻlib 202,5 milliard soʻm qiymatdagi 37 ta loyihani joylashtirish rejalashtirilgan, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Muhammadjon Jamoliddinov. — Hozirga qadar ularning 9 tasi ishga tushirildi. Barcha loyihalar yakuniga yetishi bilan bu yerda 4 ming kishi uchun doimiy ish oʻrni yaratiladi.

Tadbirkorlarga keng ishlab chiqarish maydoni boʻlib xizmat qilayotgan “Taraqqiyot”ning qamrovi yanada kengayadigan boʻldi. Unda servis sohasi ham tashkil etilib, 2 gektar maydonda avtomobillarga xizmat koʻrsatuvchi markaz qurilishiga kirishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?