MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA) kuzatuvchilarning tashrifiga doir

2019-yil 21-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Raisining oʻrinbosari, MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA)ning kuzatuvchilari uzoq muddatli missiyasi rahbari Ilyas Umaxanov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda MSK xabar berdi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov uchrashuv davomida joriy yil boʻlib oʻtadigan parlament saylovlari “Yangi Oʻzbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida tashkil etilayotganligini alohida qayd etdi.
Uchrashuvda saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunchiligi haqidagi nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida butun Respublika boʻyicha tashkil etilgan oʻquv seminarlari, saylovchilarning yagona elektron roʻyxati va saylov jarayonini boshqarish boʻyicha axborot tizimi (SJBAT) joriy etilgani xaqida soʻz bordi.
Shuningdek, saylov qonunchiligini targʻib qilish oyligini tashkil qilish va oʻtkazish, siyosiy tadbirlarda yoshlarning faolligini, xotin-qizlarning saylovlardagi rolini yanada kuchaytirish, imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.
Ilyas Umaxanov barchani Saylov kodeksi asosida oʻtkaziladigan tarixiy voqea yaʼni saylovlar bilan qutladi va parlamentga yangi tarkibning saylanishi Oʻzbekiston fuqarolari uchun katta ahamiyatga ega ekanligi va bu mamlakat rivoji yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻlishini alohida qayd etib oʻtdi.
Maʼlumot oʻrnida: 1992-yilning 27-mart kuni Olmota shahrida (Qozogʻiston Respublikasi) ishtirokchi davlatlar parlament rahbarlari - taʼsischilar tomonidan imzolangan kelishuvga muvofiq, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi - davlatlar parlamentlararo assambleyasiga asos solingan. Kuzatuvchilar va ekspertlar saylov qonunchiligini tahlil qilib, xulosalar chiqaradilar, yutuq va kamchiliklar borasida oʻz tavsiyalarini beradilar. Saylov jarayonlarini kuzatish Parlamentlararo Assambleyaning muhim boʻlinmalaridan biri – Ishtirokchi-davlatlarning demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etishini monitoring qilish xalqaro instituti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring