MDH oʻyinlari: Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 80 taga yetdi

Qozon shahrida oʻtkazilayotgan birinchi MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining qoʻlga kiritgan medallari soni 80 taga yetdi. Ortda qolgan kunda yosh sportchilarimiz 13 ta medalga sazovor boʻlishdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Medallarimiz oʻq otish sporti va dzyudoga toʻgʻri keladi. Yosh mergan qizimiz Dilafroʻz Qobiljonova oʻz toifasida kumush medalga sazovor boʻlgan boʻlsa, dzyudochilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamoamiz hisobiga keltirishdi. Batafsil:
Oltin medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
Kumush medal:
-63 kg: Farangiz Hojiyeva
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
Bronza medal:
-66 kg: Dilshodbek Yoʻldoshev
-100 kg: Suhrob Rajabov
-63 kg: Farangiz Rejepova
-70 kg: Farangiz Xolmurodova
-78 kg: Irisxon Qurbonova
+78 kg: Fotima Quramboyeva
Bugungi medallar bilan hisoblaganda delegatsiyamiz 21 ta oltin, 29 ta kumush va 30 ta bronza, jami 80 ta medalga egalik qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring