Mbappe joriy mavsumda PSJda qoladi va men bundan xursandman — Messi

01:12 25 Noyabr 2021 Dunyo
529 0

Lionel Messi “Marca” nashriga bergan intervyusida yangi jamoasi haqida gapirdi.

— Hamma “PSJ”ni Chempionlar ligasining asosiy favoriti ekanini aytyapti, biz klubning yaxshi tarkibga egaligi tufayli gʻalabaga nomzodlardan biri ekanligini inkor etmaymiz. Lekin kuchli jamoa boʻlish uchun bizga hali koʻp narsa yetishmayapti. Chempionlar ligasida favorit hisoblanishi mumkin boʻlgan boshqa jamoalar ham bor. Bu juda qiyin turnir. PSJ favoritlar qatorida, ammo yagona favorit emas, — deydi argentinalik sportchi oʻz intervyusida.

Shuningdek, Messi Mbappening transferi haqida ham fikr bildirdi:

“Kilian Mbappe va Real Madrid haqida bir narsa deyish qiyin. Xayolida nima bor, kelgusida nima qilishini faqat oʻziga maʼlum. Shunisi muhimki, Kilian joriy mavsumda PSJda qoladi va men bundan xursandman. Mbappe biz uchun juda kerakli futbolchi, u jamoaga gʻalabaga erishish yoʻlida yordam beradi. Kilian hozir toʻliq eʼtiborini PSJdagi mashgʻulotlar qaratgan. Mavsum soʻngida esa nima qilishni oʻzi hal qiladi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?