Majburiy badal toʻlovlarini oʻzlashtirgan shirkat masʼullarining kirdikorlari fosh boʻldi

13:15 19 Avgust 2021 Jamiyat
747 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” uy joy mulkdorlari shirkati masʼul shaxslari mulkdorlardan undirilgan jami 109,3 mln soʻm majburiy badal toʻlovlarini bank muassasasiga kirim qilmasdan, oʻzlarining ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?