Mavjud transport yoʻlaklaridan unumli foydalanish va yangilarini yaratish — muhim masala

Prezidentimiz Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning oʻn beshinchi sammitida ishtirok etdi. Unda oʻzaro koʻp tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni savdo, transport-
Davlatimiz rahbari asosiy muhim yoʻnalish sifatida mintaqamizdagi mavjud transport yoʻlaklaridan unumli foydalanish va yangilarini yaratishga alohida eʼtibor qaratdi. Mintaqalararo zamonaviy transport va yoʻl infratuzilmalarini rivojlantirish, transport hamda tranzit tariflarini optimallashtirish hamda qoʻshimcha chegirmalarni taqdim etish, xalqaro yuk va yoʻlovchi tashish shartlarini yengillashtirish, transport sohasini raqamlashtirish masalalariga aniq yechimlar topish muhim ekanini taʼkidladi.
Albatta, mazkur rejalarni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatlarimizning transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Prezidentimiz tomonidan taʼkidlab oʻtilgan ushbu yoʻnalish, yaʼni transport sohasini raqamlashtirish, transport va tranzit tariflarini optimallashtirish transport xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun julda katta qulayliklar yaratadi.
Jumladan, yuk joʻnatish bilan bogʻliq hujjatlar aylanmasini elektron shaklda olib borilishi bu mijozlarga sifatli xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq. Mijozlarga koʻrsatilgan xizmatlar natijasida kelgusida transport sohasini yanada rivojlantirishga erishiladi. Shuningdek, xalqaro yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha tashish shartlarini yengillashtirish bilan boshqa davlatlar bilan oʻzaro
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, barqarorlikni mustahkamlash hamda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi, yalpi ichki mahsulot hajmida transport xizmatlari alohida oʻrin egallaydi.
Shunday ekan transport xizmatlarini yaxshilash borasida koʻplab ishlar amalga oshirilyapti. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz iqtisodiy rivojida eng muhim boʻgʻini hisoblanadi. Yuk va yoʻlovchi tashishni shakllantirish, temir yoʻldan foydalanish xarajatlarini optimallashtirish, poyezd harakati xavfsizligini taʼminlash — xalqaro shartnomalar doirasida xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Bu borada Prezidentimiz 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlis palatalariga yoʻllagan Murojaatnomasida qayd etilganidek, pandemiya davri mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar koʻrilgani hamda bugungi kunga qadar dunyo boʻyicha 500 million ish oʻrni yoʻqotilgan. Bundan tashqari, 2020-yil Davlat dasturiga muvofiq yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha barcha sohada islohotlar qatʼi davom ettirilgan.
Pandemiya davri transport sohasiga ham ancha salbiy taʼsir koʻrsatdi. Jumladan, yuk va yoʻlovchi tashish hajmining pasayishi temir yoʻl korxonalarining ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib keldi.
Oʻzbekiston temir yoʻllari
Nilufar BOBOXONOVA,
Toshkent davlat transport universiteti
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring