Mavsum muammosi: pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻyildi

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan hamda xavflilik darajasi yuqori boʻlgan pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirilishi va saqlanishiga bojxona organlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tizimli ravishda qarshi kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “Vodil-Oltiariq” yoʻnalishida harakatlanib kelgan fuqaro Z.M. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtotransport vositasi Oltiariq tumani hududida toʻxtab turgan vaqtida belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 30 million soʻmlik 3 turdagi jami 384 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Yana bir shunga oʻxshash holatda, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari DXX CHQ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan pirotexnika vositalarining noqonuniy saqlanishiga chek qoʻyishga qaratilgan maqsadli “YAMA” tezkor tadbiri davomida, Dangʻara tumanida yashovchi fuqaro A.I.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada, xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 20 million soʻmlik jami 105 600 dona «Treniya» nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring