“Matritsa” yulduzi Kianu Rivz Betmen rolini oʻynashni orzu qilishini aytdi

17:44 18 Iyul 2022 Dunyo
536 0

"Matritsa va “Jon Uik” filmlari yulduzi Kianu Rivz DS komikslarining istiqbolli film moslashuvlaridan birida Betmen rolini oʻynashni orzu qilishini tan oldi.

— Bu azaldan mening orzuim boʻlgan. Hozir ushbu obraz Pattinsonga tegishli va u oʻz mahoratini ortigʻi bilan namoyon etmoqda. Balki kelajakda qachondir ularga yoshi kattaroq Betmen kerak boʻlganida meni ham taklif etishar”, — deya izoh bergan Rivz oʻz intervyusida.

Aktyor “Superpetlar” multfilmi uchun suratga olish ishlari haqida ham gapirib oʻtgan.

— Ushbu animsion filmda epizod rolda suratga tushyapman. Ammo shunga qaramay, Dueyn Jonson va Kevin Xart ishtirok etgan loyihaning bir qismi boʻlish juda ajoyib. Ha, aytgancha, u yerda men Betmen multqahramoniga ovoz beraman", — degan Kianu.

Suratga olingan “Betmen” filmlarining eng yaxshilari:

1. “Betmen” (1989)

2. “Betmen qaytib keladi” (1992)

3. “Betmen boshlanadi” (2005)

4. “Qora ritsar” (2008)

5. “Betmen” (2022).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?