Masʼullar masalaning ichiga kirib, «mahallabay» ishlamagani oqibatida, aholiga xizmat koʻrsatish darajasi pastligicha qolmoqda — Shavkat Mirziyoyev

17:38 14 Dekabr 2021 Siyosat
572 0

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yil rejalari muhokama qilinmoqda.

«Joriy yilda qabul qilingan Prezident farmoni va qarori bilan xizmatlar sohasi uchun, barcha tashkiliy va moliyaviy masalalar hal qilib berildi. Pandemiya davrida umumiy ovqatlanish, savdo, turizm, transport sohalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi. Tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda koʻtarilgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi boʻyicha alohida dastur qabul qilindi. Joriy yilda 18 trillion soʻmlik 29 mingta loyiha amalga oshirilib, xizmatlar sohasi 20 foizga oʻsgan. Lekin, 5 ta tuman va shaharda 10 foizdan ham kam oʻsish kuzatilgan. (Quvada 5 foiz, Margʻilon, Beshariq, Taxiatoshda 6 foiz, Dangʻarada 7 foiz.) Umuman olganda, masʼullar masalaning ichiga kirib, «mahallabay» ishlamagani oqibatida, aholiga xizmat koʻrsatish darajasi pastligicha qolmoqda», — dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?