"Masʼul rahbarlarning byudjet mablagʻlarini oʻgʻirlash bilan shugʻullanib kelishayotgani yashirib boʻlmas darajaga chiqdi"

Soʻnggi vaqtlarda hududlardagi ayrim masʼullar: viloyat hokimlari, oʻrinbosarlari va tender oʻtkazishga masʼul rahbarlarning “oʻz choʻntaklari” sifatidagi tadbirkorlik subyektlari orqali byudjet mablagʻlarini oʻgʻirlash bilan shugʻullanib kelishayotgani yashirib boʻlmas darajaga chiqdi.
Bu oʻzining ustun mavqesidan foydalanib qilinayotgan ochiq oʻgʻirlik. Buning boshqa shakli korrupsiya. Oʻgʻirlik va korrupsiya esa doimo jinoyat hisoblangan. Lekin negadir bu ishlar hozircha nazorat organlariga jinoyat boʻlib koʻrinmayapti. Gʻalatimasmi?
Eng yomoni biror bir hudud masʼuli byudjet mablagʻlarini qarindosh va yaqinlari orqali oʻzlashtirilishini tayinli javob bilan rad qilgani ham yoʻq. Demak bularning bari rost va ular buni inkor qilishmayapti. Shunchaki bez-betlik: terimning qalini jonimni huzuri, deganlaridek.
Mazkur holatga nafaqat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, prokuratura balki parlament va jamoatchilik ham jim qarab turmasligi, bu kabi oʻgʻirlik va korrupsiyaga toqatsiz munosabatda boʻlishi shart.
Biz prokuraturadan bu ishlar boʻyicha tezkor choralar koʻrilishini kutib kutamiz.
Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring