Mast holda boʻlgan haydovchi “Neksiya-3”da 5 ta avtomobilni kelib urdi

Joriy yilning 30-yanvar kuni soat 16:00larda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahar hududidan oʻtgan A-380 «Gʻuzor — Buxoro —Nukus — Beyneu» xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 771-kilometrida, haydovchi, 1971-yilda tugʻilgan U.R. “Neksiya-3” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va qarama-qarshi boʻlakka oʻtib ketib, yoʻl chetida toʻxtab turgan 2 ta «Lasetti», «Damas», «Spark» hamda “Kobalt” rusumli avtomobillarga urilgan.
Natijada, “Neksiya-3” rusumli avtomobil haydovchisi, 50 yoshli U.R.ga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Transport vositalari texnik shikastlangan. Surishtiruv ishlari davomida haydovchi U.R. mast holda avtomobil boshqarganligi maʼlum boʻlgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Nukus shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring