Massajxonaga kelgan mijoz oʻgʻri boʻlib chiqdi

23:51 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
551 0

Shu yil 5-avgust kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil 17-iyul kuni, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan fuqaro Davlatobod tumanida joylashgan massajxonasiga kelib, uni ishonchiga kirib, narxi 3.500.000 soʻmlik «Readmi 6-Pro» rusumli uyali telefon apparatini gaplashib olishini aytib, aldab, ish bilan band boʻlib turganidan foydalanib, telefon apparatini olib ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu holat boʻyicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 7-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?