Mask Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaroni hal qilish boʻyicha oʻz rejasini taklif qildi

03:54 05 Oktyabr 2022 Dunyo
1129 0

Foto: Reuters

“Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun BMT bilan referendum oʻtkazishga chaqirdi.

Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishning oʻziga xos usulini taklif qildi. Uning soʻzlariga koʻra, ikki davlat oʻrtasida sulhga erishish uchun bir nechta bandlarga rioya qilish kerak. Maskning oʻt ochishni toʻxtatish rejasi toʻrt qismdan iborat.

Birinchidan, u yaqinda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) nazorati ostida yangi referendum oʻtkazishga chaqirdi. Agar xalq shunday qaror qilsa, Rossiya bu hududlardan chiqib ketishi kerak, deya qoʻshimcha qildi u. Mask, shuningdek, Qrimni 1783-yildan boshlab Xrushchevning xatosigacha boʻlgani kabi Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qildi. 

Xrushchev yarim orolni 1954-yilda Ukraina SSR yurisdiksiyasiga oʻtkazgan. Kelgusi kelishuvlar doirasida Ukraina Qrim yarim orolini suv bilan taʼminlashi va neytral blokdan tashqari maqomini taʼminlashi kerak.

“Mojaroning yana bir mumkin boʻlsada, ehtimol boʻlmagan natijasi yadroviy urush boʻlishi mumkin, deya qoʻshimcha qiladi” tadbirkor. Uning ushbu bayonotidan soʻng “Tesla” avtomobilsozlik kompaniyasining aksiyalari deyarli 8 foizga tushib ketdi.

Oʻz navbatida, Ukraina taklif qilingan rejani rad etdi. Xususan, Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Maskning bayonotini tanqid qilib, mojaroni hal qilish boʻyicha oʻz variantini taklif qildi.

Rasmiyga koʻra, Ukraina oʻzining barcha hududlarini ozod qiladi.  Podolyakning qoʻshimcha qilishicha, harbiy jinoyatchilar xalqaro tribunalga tortilishi kerak.

Bundan tashqari, Ukrainaning Germaniyadagi sobiq elchisi Andriy Melnik tadbirkorga oʻz noroziligini keskin bildirgan. 

“Jahannamga ravona boʻl — bu mening diplomatik javobim”, degan Melnik .

Maskning taklifiga Ukraina Oliy Radasi ham izoh berdi: “Yoʻq”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?