Mashinasozlar metro bekatidan Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor shaharchasiga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

15:32 30 Noyabr 2021 Jamiyat
357 0

2021-yilning 1-dekabr sanasidan Toshkent shahrida yangi 190-sonli “Mashinasozlar metrosi ASHB – Yangibozor ASHB” avtobus yoʻnalishi tashkil etilmoqda. 

Masofasi 20,1 km boʻlgan ushbu yoʻnalishga yangi xarid qilingan oʻrta sigʻimli 10 ta transport vositalari biriktirilgan holda 11 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.

Avtobuslar Mashinasozlar metrosi avtoshohbekatidan Taraqqiyot 2-tor, Mahtumquli, 4R12, Mustaqillik koʻchalari orqali Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining Yangibozor shaharchasi markazidagi avtoshohbekatga qadar harakatlanadi. 

Ushbu yoʻnalish Yangibozor shaharchasini Toshkent shahri bilan bogʻlash, Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumaniga Toshkent viloyatidan qoʻshilgan hududlarni jamoat transporti bilan taʼminlash, yangi barpo etilgan Yangi Oʻzbekiston bogʻiga shahar va shahar atrofi aholisining tashrif buyurishlariga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?