Tokioda mashhur rejissyorga pichoq va kirka koʻtarib olgan erkak hujum qildi

07:32 05 Sentyabr 2021 Dunyo
908 0

Yaponiyalik mashhur rejissyor va shoumen Takeshi Kitano ketayotgan avtomobilga pichoq va kirka koʻtarib olgan erkak hujum qildi. Bu haqda Kyodo manbasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi Tokyo TV kanali televizion stansiyasi binosi yaqinida roʻy bergan. Hujum qilgan shaxs hodisa joyida ushlangan boʻlsa, 74 yoshli Kitano jabrlanmagan. 

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.   

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?