Mashhur rejissor Kventin Tarantinoning soʻnggi, 10-filmi 2025-yilda premyera qilinishi kutilmoqda
Qora yumor, sarkazmga boy dialoglari bilan tanilgan rejissor Kventin Tarantino oʻzining 10-filmi ustida ish olib bormoqda. Yangi film nomi “Kino tanqidchi” boʻlib, syujet real voqealarga asoslangan.
Tarantinoning aytishicha, filmda oʻtgan asr 70 — 80 yillaridagi manzara aks etadi. Unda 30 yoshlardagi kino tanqidchining hayot yoʻli haqida hikoya qilinadi.
Bosh qahramon roliga Leonardo diKaprio, Bred Pitt kabi Tarantino doimiy murojaat qiladigan aktyorlar chaqirilmaydi. Rejissor bu rol uchun avval birga ishlab koʻrmagan boshqa aktyorni jalb qilmoqchi. Shuningdek, filmga Samuel L. Jekson, Bryus Uillis kabi yulduzlar taklif qilinishi kutilmoqda.
Film premyerasi 2024-yilning soʻnggi yoki 2025-yilning boshida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring