Mashhur davlat va din arbobi Sayyid Ajjol haqida film yaratilmoqda

18:57 30 Avgust 2022 Madaniyat
594 0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan davlat va din arbobi, ulamo Sayyid Ajjol Shamsuddin Umar Kamoliddin al–Buxoriy hayoti va faoliyati haqida hujjatli film ishlanmoqda.

Mazkur filmda oʻrta asrlarda Xitoyga hijrat qilgan va u yerda islom dinining tarqalishiga katta hissa qoʻshgan Sayyid Ajalning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, uning madrasa va masjidlar, mehribonlik uylari qurilishiga bosh-qosh boʻlgani haqida soʻz boradi. Filmda Sayyid Ajjolning Xitoyda islomni targʻib qilishga oid harakatlari ham manbalar asosida ochib berilgan.

Ssenariy mualliflari Madina Yoʻldosheva va Husan Rashidov, rejissyorlar Husan Rashidov hamda Ilhom Magomedibragimov, operator Muzaffar Yusupov, kartina direktori Anastasiya Xavanskaya.

Ayni vaqtda filmning syomka jarayonlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?