Xivada Mas-restling boʻyicha Osiyo ochiq chempionatining ilk gʻoliblari aniqlandi

13:57 21 Iyun 2021 Sport
872 0

Shu kunlarda koʻhna va navqiron Xiva shahrida Mas-restling boʻyicha Jahon kubogining 1-bosqichi Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtmoqda. Kecha musobaqaning dastlabki gʻoliblari aniqlandi.

Shuni quvonch bilan taʼkidlash joiz, Mas-restling sporti tarixida ilk bor oʻzbekistonlik sportchi Osiyo ochiq chempionatida 1-oʻrinni egalladi. Bunday baxtga hamyurtimiz Abdulaziz Abdurahmonov sazovor boʻldi.

Quyida musobaqa gʻoliblari bilan tanishing:

Erkaklar oʻrtasida

60 kg vazn toifasida

1. Neustroyev Dmitriy (Rossiya),

2. Jamaldin Uulu Jasurbek (Qirgʻiziston),

3. Asanov Azamat (Qirgʻiziston),

3. Salamatov Chыngыz (Qirgʻiziston).

75 kg vazn toifasida

1. Abdurahmonov Abdulaziz (Oʻzbekiston),

2. Konstantinov Sergey (Rossiya),

3. Askarbekov Adilet (Qozogʻiston),

3. Shamet Temirlan (Qozogʻiston).

90 kg vazn toifasida

1. Chernogradskiy Pavel (Rossiya),

2. Sapatayev Timur (Qozogʻiston),

3. Akыlbek Uulu Erjan (Qirgʻiziston),

3. Rahmatullayev Saidahmad (Oʻzbekiston).

125 kg vazn toifasida:

1. Galkin Ivan (Rossiya),

2. Kalinin Roman (Rossiya),

3. Itolmasov Orifbek (Oʻzbekiston),

3. Radjabov Nasimjon (Oʻzbekiston).

Ayollar oʻrtasida

55 kg vazn toifasida

1. Chernogradskaya Nataliya (Rossiya),

2. Imankanova Dilbara (Qirgʻiziston),

3. Fyodorova Alyona (Rossiya),

3. Kamzina Rushaniya (Oʻzbekiston).

75 kg vazn toifasida

1. Alekseyeva Alina (Rossiya),

2. Bolotbekova Eldana (Qirgʻiziston),

3. Nejivova Yelena (Rossiya),

3. Jailobekova Aygerim (Qirgʻiziston).

85 kg vazn toifasida

1. Anarbekova Ayjan (Qirgʻiziston),

2. Abunabiyeva Shirin (Oʻzbekiston),

3. Abduzoirova Mohinur (Rossiya),

3. Eliyeva Madina (Oʻzbekiston).

Eslatib oʻtamiz, mazkur sport tadbiri Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston bodibilding, fitnes va Mas-restling federatsiyasi, Xalqaro Mas-restling federatsiyasi, Oʻzbekiston Mas-restling federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?