“Maroqand neft bazasida yirik oʻgʻirlik fosh etildi — «Oʻzbekneftgaz”

15:21 07 Avgust 2022 Jamiyat
383 0

Maʼlum qilinishicha, “Maroqand neft bazasi” MCHJga qarashli Bulungʻur filialida neft mahsulotlarining navbatdan tashqari inventarizatsiyasi oʻtkazildi.

Oʻrganishlar jarayonida, Bulungʻur filialida neft mahsulotlari inventarizatsiyadan oʻtkazilganda, 7 ta vertikal poʻlat sigʻimlarga (RVS) qasddan texnik oʻzgartirish kiritish va qoʻlbola usulda sigʻim ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlandi.

Tezkor maʼlumotlarga koʻra jami 21 494,7 mln soʻmlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yoʻl qoʻyilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlandi.

Xususan:

— AI-80 avtobenzinidan 18 340,4 mln soʻmlik 2 382,1 tonna;

— EKO markali dizel yoqilgʻisidan 75,2 mln soʻmlik 4,7 tonna;

— TDL-05 markali dizel yonilgʻisidan 1 752,1 mln soʻmlik 111,6 tonna;

— TD-K5 yevro markali dizel yoqilgʻisidan 1327,0 mln soʻmlik 75,1 tonna.

Holat yuzasidan oʻrganishlar davom etmoqda va natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?