Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilmoqda

09:26 21 Iyul 2021 Siyosat
340 0

Joriy yilning 15-16-iyul kunlari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro anjumanda oʻzaro mintaqaviy muammolarga oid bir qancha strategik masalalar oʻrtaga tashlandi.

Eʼtiborlisi, anjumanda davlatimiz rahbari nutq soʻzlab, bir qancha istiqbolli geosiyosiy va geoiqtisodiy tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Prezidentimiz oʻz nutqida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan mamlakatlar bilan aloqalar qariyb 3 ming yillik tarixga ega ekanligi, bu ikki mintaqa oʻrtasida siyosiy, madaniy, ijtimoiy hamda savdo sohalarida mustahkam aloqalari boʻlganligini, bu esa ikki mintaqaning ijtimoiy jihatdan yaqin mushtaraklashuviga ijobiy turtki berganligini eʼtirof etdi. Qolaversa, soʻnggi 100-yilliklarda mintaqalarda ayrim sabablarga koʻra aloqalar uzilib qolgani, buning ortidan oʻzaro ishonchsizlik vujudga kelganini qayd etdi. “Buning salbiy oqibatlarini biz hozirgi vaqtda samarali transchegaraviy yoʻllar mavjud emasligi, savdo-iqtisodiy aloqalar yaxshi rivojlanmagani hamda madaniy-gumanitar munosabatlar salohiyati toʻliq ishga solinmagani misolida ham sezib, his etib turibmiz” – dedi Prezidentimiz.

Yana bir jihat. Davlatimiz rahbari oʻz nutqida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalaridagi mamlakatlarning oʻzaro diplomatik munosabatlari, iqtisodiy, investitsiyaviy, savdo, madaniy manfatlariga hamda xavfsizlik va barqarorligiga xizmat qiladigan quydagi tashabbus va takliflarni ilgari surdi.

Shuningdek, ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik qilish, bu borada qoʻshma tadqiqot va tajriba almashish dasturlarini ragʻbatlantirish, olim va tadqiqotchilar uchun yengillashtirilgan viza tartibini joriy qilish va anjuman arafasida Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochilganligini munosabati bilan markaz negizida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ekspertlar guruhini tuzish taklifi bildirildi.

Umuman olganda, davlatimiz rahbari tomonidan anjumanda ilgari surilgan tashabbus va takliflar mantigʻidan shuni anglash mumkinki, Oʻzbekiston mintaqada, avvalo, tinchlik va barqarorlik, oʻzaro hurmatga asoslangan diplomatik va madaniy aloqalar hamda oʻzaro teng manfaatli savdo va iqtisodiy hamkorlik olib borishga intilmoqda.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mazkur anjumanning yurtimizda oʻtkazilishi va davlatimiz rahbari tomonidan muhim strategik tashabbuslarning ilgari surilishi mintaqada Oʻzbekistonning siyosiy-iqtisodiy imiji oshishiga, xalqaro maydonda mamlaktimizga nisbatan ishonch mustahkam boʻlishiga xizmat qiladi. Eng asosiysi, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining oʻzaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi.

Abdugʻani SANGINOV,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?