Markaziy Osiyoda tazyiq ostida boʻlgan xotin-qizlar mavzusiga bagʻishlangan xalqaro kengaytirilgan muloqot tashkil etildi

2022-yilning 25-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova “Markaziy Osiyoda tazyiq ostida boʻlgan xotin-qizlar: zoʻravonlik ildizlarini yoʻq qilish va jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlash” mavzusiga bagʻishlangan kengaytirilgan muloqotda ishtirok etdi. Gibrid shaklida tashkil etilgan mazkur muloqot Qozogʻiston Respublikasi Ombudsmani hamda “BMT-Qozogʻiston ayollari” tuzilmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston tomondan Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.
Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlari Ombudsmanlari hamda mavzuga aloqador vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Tadbirda taʼkidlanishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hayoti davomida uchta ayoldan biri tazyiq va zoʻravonlikka uchraydi. Bu esa xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik muammosining global pandemiya ekaniga ishoradir.
Tahlillar Markaziy Osiyoda ham ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlik keng tarqalganini koʻrsatmoqda. Shu kunga qadar baʼzi Markaziy Osiyo mamlakatlari oiladagi zoʻravonlik va xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga qarshi qonunchilikni kuchaytirgan boʻlishsa, boshqalari Milliy strategiyalarni qabul qilishdi. Lekin ular ijrosini taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi omillar, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yetarli malakaga ega emasligi, moliyaviy resurslarning yetishmasligi, zoʻravonlikdan omon qolgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan xizmatlarning yetarli emasligi kabi holatlar ayniqsa chekka hududlar yaqqol koʻzga tashlanmoqda.
Xalqaro miqyosda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) gender tengligini taʼminlash va ayollarga nisbatan kamsitishning har qanday shakllarini yoʻq qilish masalalarini oʻz ichiga oladi va bu global muammo kompleks yondashuvni talab etadi.
Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish choralari asosiy sabablarni bartaraf etishi va jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlashni profilaktika va huquqiy choralar bilan birlashtirishi kerak.
Kengaytirilgan muloqot ishtirokchilari oʻz tajribalari bilan boʻlishgan holda zoʻravonlikni keltirib chiqarayotgan sabablarni tahlil qilib, oiladagi zoʻravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq vositalarni ishlab chiqish boʻyicha oʻz takliflarini berishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring