Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generatsiya” stansiyasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda uy-joy, transport, ishxona, madaniyat, sport va taʼlim obyektlarini qamrab olgan zamonaviy urbanizatsiya va ilmiy yondashuvlar asosida yurtimizda ilk bor “aqlli” texnologiyalar joriy etilishini taʼkidladi.
Masalan, eng zamonaviy ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uygʻunlikda harakatlanadi.
Bunda, “yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida piyodalar va velosipedlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi.
Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunnel hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta koʻprik bunyod etiladi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generatsiya” stansiyasi quriladi. Yaʼni, bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitiladi, yozda esa sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan oʻtkaziladi.
Innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish oʻrni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, Ay-Ti park, taʼlim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring