Markaziy Osiyoda ilk bor: “Bir makon, bir yoʻl, bir turizm” III Xalqaro konferensiyasi Samarqandda oʻtkaziladi

12-15-oktyabr kunlari Xitoyning Guylin shahrida “Bir makon, bir yoʻl, bir turizm” II Xalqaro konferensiyasi bӯlib oʻtdi. Unda Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining Rivojlantirish va strategik muammolar boʻyicha prorektori Azamat Akbarov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. “Bir makon, bir yoʻl, bir turizm” xalqaro konferensiyasida dunyoning 64 mamlakatidan tashrif buyurgan 200dan ziyod oʻquv va davlat muassasalari, turizm sohasidagi yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi. Tadbir doirasida turizm sohasi va oʻquv muassasalari hamda xususiy kompaniyalar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq turli masalalar, shuningdek, sayyohlarni qabul qilishning oʻziga xos jihatlari, turizm sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash va boshqa qator dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Unda taʼkidlanishicha, “Bir makon, bir yoʻl, bir turizm” III Xalqaro konferensiyasini 2020-yilda Samarqand shahrida, xususan, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida oʻtkazish rejalashtirildi. Nufuzli anjuman turizm sohasidagi olimlar va mutaxassislar uchun interaktiv platformani taqdim etadi. Ular esa, oʻz navbatida, ushbu platformada oʻzlarining soʻnggi tadqiqotlari bilan boʻlishishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring