Markaziy Osiyo xalqaro institutining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

16:56 15 Iyul 2021 Siyosat
451 0

Foto: Hasan PAYDOYEV (“Xalq soʻzi”)

2021-yil 15-iyul kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan oʻqib eshittirildi.

Marosimda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiya doirasida Toshkent shahriga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yuqori vakillari ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov oʻz nutqida qayd etganidek, mazkur institutning ochilishi mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, bunday jarayonlar soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda jadal kechmoqda. Vazir yangi muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar darajasida batafsil muhokama qilish, turli sohalardagi koʻp tomonlama loyihalar boʻyicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratishiga ishonch bildirdi.

Hasan PAYDOYEV(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?