Mark Sukerbergdan katta sakrash, Ilon Maskka yaqinlashib olayotgan Jeff Bezos... “Forbes” talqiniga koʻra dunyoning eng boy 10 odami

14:10 03 Aprel 2024 Dunyo
288 0

Foto: Getty Images

Dunyoda milliarderlar soni rekord darajaga yetdi. Ayni paytda ularning soni 2781 nafarni tashkil etmoqda. Umumiy boyligi 14,2 trillion dollar. “Forbes” jurnali maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilda ularning uchdan ikki qismi daromadlarini oshirgan. Chorak qismi “qashshoqlashgan”.

Nashr ayni paytdagi dunyoning eng boy oʻn odamini roʻyxatini taqdim etdi. Unda fransiyalik tadbirkor, “Louis Vuitton Moët Hennessy” (LVMH) rahbari Bernard Arnoni oʻtgan yildagi kabi bu safar ham dunyoning eng boy odami deb topildi. Nashr uning boyligini 233 milliard dollarga baholagan. Bir yil avval bu koʻrsatkich 211 milliard dollar edi.

Reytingda ikkinchi oʻrinni “SpaceX” va “Tesla” asoschisi, X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻi egasi Ilon Mask 195 milliard dollar boyligi bilan egalladi. Oʻtgan yilda uning boyligini 180 milliard dollar boʻlgan.

Uchinchi pogʻonadagi “Amazon” asoschisi Jeff Bezosning boyligi 194 milliard dollarga baholandi. Oʻtgan yili Bezosning boyligi 114 milliard dollarni tashkil etgan edi. Umuman olganda, global roʻyxatning kuchli uchligi oʻtgan yilga nisbatan oʻzgarmagan boʻlsa-da, Bezos Mask bilan oradagi farqni keskin qisqartirgan.

Roʻyxatda keskin sakrashni “Instagram” va “Facebook”ga egalik qiluvchi “Meta” asoschisi Mark Sukerberg amalga oshirdi. U bir yil avval 16-oʻrindan keyin toʻrtinchi oʻrinni chiqib oldi. Sukerbergning boyligi 64,4 milliard dollardan 177 milliard dollargacha oshgan.

Dasturiy taʼminotlar ishlab chiqaruvchi “Oracle” kompaniyasining hammuassisi Larri Ellison 141 milliard dollar boyligi bilan beshinchi oʻrinni egalladi. Oʻtgan yili uning koʻrsatkichi 107 milliard dollar edi. Ellison avvalgi roʻyxatda toʻrtinchi oʻrinda qayd etilgandi.

Amerikalik investor Uorren Baffet ham roʻyxatdagi mavqeini yomonlashtirdi, u beshinchi oʻrindan oltinchi oʻringa tushib ketdi. Shunga qaramay uning boyligi 106 milliard dollardan 133 milliard dollarga oshgan.

“Microsoft” egasi Bill Geyts oltinchi oʻrindan yettinchi oʻringa tushib ketdi. Lekin uning boyligi ham yil davomida 104 milliard dollardan 128 milliard dollargacha koʻpaydi.

“Microsoft” kompaniyasining sobiq bosh direktori (kompaniyadagi kichik ulushga ega), Los-Anjeles Clippers” basketbol klubining egasi. Stiv Balmer yil davomida reytingda oʻninchi oʻrindan sakkizinchi oʻringa koʻtarildi. Uning boyligi 80,7 milliard dollardan 121 milliard dollarga oshgan.

Roʻyxatda oʻtgan yildagi kabi toʻqqizinchi oʻrinni Hindistondagi “Reliance Industriyes” eng yirik xususiy kompaniya egasi Mukesh Ambani egalladi. Uning boyligi 83,4 milliard dollardan 116 milliard dollarga oshgan.

Kuchli oʻnlikka “Google” kompaniyasining sobiq ijrochi direktori va hammuassisi Larri Peyj kirdi. U oʻtgan yilga nisbatan ikki pogʻona yuqoriga koʻtarildi va uning boyligi 79,2 milliard dollardan 114 milliard dollarga koʻpaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер