Marius Vizer IJF prezidentligiga qayta saylandi, Armen Bagdasarov esa masʼuliyatli lavozimlaridan birini egalladi
Vengriyaning Budapesht shahrida jahon chempionati start olmoqda. Musobaqadan avval Xalqaro dzyudo federatsiyaning hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Mazkur tadbir doirasida tashkilot rahbarligiga saylov boʻlib boʻlib oʻtdi. Unda federatsiyaning amaldagi prezidenti Marius Vizer nomzodi gʻalaba qozondi va u yana yaqin 4 yil davomida mazkur tashkilotni boshqaradigan boʻldi.
Shuningdek, tadbir davomida tashkilotning boshqa tarkibiy qismlari ham shakllantirib olindi. Biz uchun ahamiyatlisi, unda hamyurtimiz Armen Bagdasarov Xalqaro dzyudo federatsiyasi hakamlar hayʼati bosh direktori lavozimiga saylandi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi dunyo dzyudo oilasiga yana 4 yil davomida rahbarlik qiladigan Marius Vizer va yangi masʼuliyatli lavozimga saylangan yurtdoshimiz Armen Bagdasarovni tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik tilab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring