Marhamat tuman DXM tomonidan karantin davrida 11 mingdan ziyod xizmatlar koʻrsatildi
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sharoitida kun tartibiga chiqqan ushbu shior ostida jamiyatimiz rivojlanishi uzluksizligini taʼminlash yoʻlida funksional faoliyatini davom ettirayotgan tizimlardan biri davlat xizmatlari markazidir.
Mana shunday murakkab sharoitda ham Marhamat tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda tushunchalar berish bilan birga, aksariyat yurtdoshlarimizning ishlari muhimligi hisobga olinib, karantin va infeksiya yuqishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha belgilangan tartiblarga amal qilingan holda ularga zarur xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Markaz direktori Faxriddin Komiljonovning maʼlum qilishicha, karantin eʼlon qilingan kundan boshlab, bugungi kunga qadar markazga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan 11 ming 298 ta ariza kelib tushgan. Bu haqda DXA Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, murojaatlarning asosiy qismini STIR olish va aniqlash, kadastr pasportini shakllantirish, farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish uchun ariza berish, sudlanmaganlik toʻgʻrisida, pensiya haqida maʼlumotnomalarni olish kabi xizmatlar tashkil etmoqda.
Shuningdek, karantin davrida 482 ta yangi tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, ularning 294 tasi yakka tartibdagi tadbirkordir.
Kuni kecha Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Mahmudjon Abdijaliyev Marhamat tumanida boʻlib, ushbu markazda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.
Uchrashuv mobaynida boshqarma boshligʻi markaz xodimlarini karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring