Margʻilonda doʻstlik nihollari ekildi

12:04 25 Oktyabr 2022 Jamiyat
302 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida “Atlas bayrami” beshinchi xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivaliga yigirmadan ziyod davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgani, milliy qadriyatlarimizni jahon jamoatchiligiga yaqindan tanishtirish imkonini bergan bu tadbir yuksak koʻtarinkilikda boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edik. Ahamiyatlisi, festivalning xorijlik mehmonlari tashrif asnosida bir xayrli ishga bosh qoʻshdilar. Ular yurtimizda davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbirlarida chetda turmay, Margʻilondagi Ijodkorlar bogʻida doʻstlik nihollarini ekishdi.

— Bu ezgu tashabbus ona tabiatga muhabbat va doʻstlik bayramiga aylanib ketdi, — deydi Fargʻona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Toʻxtasinova. — Unda viloyatimiz jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda Italiya, AQSH, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Eron, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Hindiston, Kanada mamlakatlaridan kelgan mehmonlar yaxshi niyatlar bilan manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi.

Taʼkidlash oʻrinliki, ayni paytda Ijodkorlar bogʻida ikki ming tupga yaqin daraxt parvarish qilinmoqda.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер