Marahimov «talababay» oʻrganishni boshladi. U ijarada yashayotgan talabalar uyida boʻldi

19:44 03 Mart 2021 Jamiyat
970 0

Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Marahimov Termiz shahrida ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash joylariga borib, ular bilan suhbatlashdi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar berdi.

Xonadon egalari, ularning kasbi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, texnik xavfsizlik kabi masalalar rektor tomonidan oʻrganilmoqda. Talabalar bilan suhbat qilinib, ularning qiziqishlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi. 

Eslatib oʻtamiz, kecha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlardagi muammolarni oʻrganish va mahallalarda «talababay» yurish boshlanganini maʼlum qilgan edi. Shuningdek u ijarada turuvchi talabalar yashil, sariq va qizil ranglarga ajratilishini ham qayd etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?