Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

17:21 01 Iyul 2022 Jamiyat
1870 0

Foto: Davlat test markazi

Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.
 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.
Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:
 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 – Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.
 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?