Maqsadimiz yagona — odamlarni rozi qilishga erishish

Hasan Paydoyev - "Xalq so'zi"
Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarning barchasida xalq manfaati va mamlakatni har tomonlama rivojlantirish masalalari ustuvorlik kasb etadi. Xo‘sh, Vatan taraqqiyoti hamda aholi turmush farovonligiga daxldor vazifalar ijrosi qanday? Bu jarayonlarda 2-sektorning o‘rni qanday bo‘lyapti?
Muxbirimiz shular xususida Xorazm viloyati Yangiariq tumani prokurori, ikkinchi sektor rahbari Kamoliddin Alloberganov bilan suhbatlashdi.
— Sektorga biriktirilgan hududni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy soha ob'ektlarini obodonlashtirish va ta'mirlash orqali aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda, — deydi Kamoliddin Alloberganov. — Bizga 11 ta mahalla biriktirilgan bo‘lib, ularda 30407 nafar aholi istiqomat qiladi.
Ayollar daftarini shakllantirish uchun 6024 nafar 30 yoshdan oshgan ayollarni barchasi ishchi guruh tomonidan uyma-uy yurishlar orqali o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 813 nafari “ayollar daftari”ga kiritildi. Ushbu daftarga kiritilgan 518 nafar ishsiz ayolning 108 nafari doimiy ishga, 10 nafari jamoat ishlariga va 402 nafari o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta'minlandi.
Shuningdek, 88 nafar ayolga 1 mlrd. 200 mln. so‘m imtiyozli kreditlar ajratib berildi.
Bundan tashqari, “yoshlar daftari”ni shakllantirish uchun 6210 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni barchasi ishchi guruh tomonidan uyma-uy kirish orqali o‘tkazilgan xatlov natijasida 852 nafari “yoshlar daftari”ga kiritildi. E'tiborlisi, ushbu yoshlarning 22 nafari doimiy ishlarga, 8 nafari jamoat ishlariga va yer berish, imtiyozli kredit asosida parranda va pishiriqchilik uchun mini pechlar berish orqali 579 nafar yoshlarning o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta'minlandi.
Shuningdek, “Har bir yoshga — bir gektar” loyihasi asosida 178 nafar ishsiz yoshlarga jami 25 gektar yer maydoni ajratib berildi. Shu bilan birga, 40 nafar yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sovg‘alarini faoliyatini amalga oshirish uchun 1 mlrd. so‘m dan ortiq imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berildi.
Hududda joylashgan ijtimoiy soha ob'ektlari va mahalla binolarida jami 22 ta elektron kutubxona (QR kodli plakatlar) tashkil etildi.
Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tashabbusi bilan milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san'atini, jumladan, tarixiy an'analarimizni o‘zida mujassam yetgan, ota-bobolarimizdan qadimiy meros bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ipak va jundan qo‘lda gilam va adras to‘qish sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Noyob san'at asari hisoblanadigan ushbu gilam va adraslarni bozor talablariga uyg‘unlashtirish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, ayollar bandligini ta'minlash maqsadida o‘tgan yilda Kattabog‘ mahallasida joylashgan Barkamol avlod binosining bo‘sh turgan qismida “Yangiariq adras fabrik” ishlab chiqarish kooperatsiyasi tashkil qilinib, 55 nafar xotin-qizlar uchun ish o‘rni yaratilishiga erishildi.
Jumladan, ajratilgan 128 mln. so‘m subsidiya mablag‘lari hisobidan kooperatsiya tomonidan Namangan tumanidagi hunarmandlar tomonidan tayyorlangan 55 ta ipak mato to‘qish dastgohi xarid qilinib, bugungi kunda 38 ta dastgohlar o‘rnatilib, 26 nafar doimiy ishlovchi xotin qizlar va yana 11 nafar ish o‘rganib ishlovchi xotin-qizlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek, “Kattabog‘” mahallasida “ustoz — shogird “an'analari asosida yoshlarni hunarmandchilikka o‘rgatish maqsadida Kulolchilik markazi tashkil qilinib, 50 nafardan ortiq ishsizlar, shundan 20 ortiq yoshlarni ish bilan ta'minlashga erishdik.
Bular haqida yana ko‘plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, Ostona mahallasi hududida “Ostonali Eldorbek” fermer xo‘jaligi qoshida ishlab chiqarish kooperatsiyasi tashkil qilinib, 23 gektar yer maydoni ajratib berilib, 50 ortiq ishsiz yoshlarni band qilinishiga erishildi.
Shu bilan birga, 2-sektor hududidagi mahallalarni obod bo‘lishi uchun ham bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelyapmiz. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, Chakir mahallasi, Hayot obod ko‘chasining 300 metr qismiga homiylar hisobidan qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi. Natijada ko‘chaning obod bo‘ldi. Albatta, bu boradagi ishlar faqat bugun emas, ertaga emas, aksincha, tizimli ravishda davom ettiriladi. Maqsadimiz bitta: xalqimiz roziligiga erishish.
“Xalq so‘zi”
Hasan PAYDOEV olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring