Maosh qariyb 700 dollar: Serbiyaga oʻzbekistonliklar ishga taklif qilinmoqda

23:01 11 Iyul 2024 Jamiyat
279 0

Oʻzbekiston fuqarolari Serbiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi xabar berdi.

Unga koʻra, fuqarolar Serbiyada mavsumiy qishloq xoʻjaligi sohasida ishlashga taklif qilinmoqda. Ish haqi 688 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin). Shuningdek:

  • yosh chegarasi 20-50 yosh;
  • kafolatlangan oylik ish soati — 200 soat;
  • bepul yashash joyi;
  • bepul 3 mahal ovqat;
  • tibbiy sugʻurta;
  • shartnoma yakunlangandan soʻng 150 yevro bonus.

Nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • rus yoki ingliz tilini bilish;
  • jismonan sogʻlom boʻlish;
  • agentlik toʻlovi (5 BHM) va aviachipta.

Shartnoma muddati 2024-yil 10-avgustdan 10-dekabrgacha.

Roʻyxatdan oʻtish (11-iyul soat 18:00 ga qadar)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?