Maosh 8 mln soʻmdan yuqori: Oʻzbekistonliklar Rossiyadagi korxonaga ishga taklif qilinmoqda

22:20 18 Iyul 2024 Jamiyat
364 0

Oʻzbekistonliklar Rossiyadagi korxonaga 8 million soʻmdan yuqori maoshga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar Rossiyaning “Ozon Komyuniti” korxonasiga ishga taklif etilmoqda. Ish turi omborxona ishlari. Oylik maosh 60 ming rubl (taxminan 8,5 million soʻm)dan boshlanadi (barcha soliqlar ushlangandan keyin).

Nomzodlar uchun talablar:

  • 18-45 yosh;
  • rus tilini bilish;
  • sudlanmagan;
  • xorijga chiqish taqiqlanmagan;
  • sogʻlom.

Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona va transport.

Roʻyxatdan oʻtish

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?