«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiylikka nomzod bilan aloqa oʻrnatgan
Foto: Getty Images Sport
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yangi bosh murabbiylikka nomzod, italiyalik mutaxassis Antonio Konte bilan aloqa oʻrnatgan. Bu haqda Italiyaning “Sky Italy” nashri xabar bermoqda.
Bundan koʻrinib turibdiki, klub mutasaddilarining amaldagi bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsherning ishlaridan mamnun emas. Jamoa Angliya chempionatining 9-turidan soʻng 4 gʻalaba, 2 durang va 3 magʻlubiyat bilan 7-pogʻonani band etib turibdi. “Qizil iblislar” 9-turdan oʻz maydonida “Liverpul”ga 0:5 hisobidan imkoniyatni boy berdi. «Manchester Yunayted» oxirgi bor beshta gol farqi bilan 2011-yilning 23-oktyabr kuni «Manchester Siti» yutqazgan edi — 1:6.
Chempionlar ligasida esa 3 turdan soʻng «Manchester Yunayted» hisobidan ikki gʻalaba va bir magʻlubiyat bor.
Antonio Konte hozir ishsiz. U 2019-2021-yillarda Italiyaning «Inter» klubiga murabbiylik qilgan edi.
Konte uchun Angliya chempionati begona emas. Ellik ikki yoshli mutaxassis 2016 — 2018-yillarda Angliyaning “Chelsi” klubiga bosh murabbiy boʻlib ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring