“Mamlakatingiz saylov qonunchiligi va amaliyotini oʻrganish uchun keldik” — xalqaro ekspert

14:06 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
183 0

Bugun Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorovning Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Sigords Stradinsh bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Saylov kodeksiga saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish boʻyicha oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritilgani alohida taʼkidlandi.

B. Qoʻchqorov oʻz soʻzida mamlakatimizga juda koʻplab xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar tashrif buyurgani, nafaqat xalqaro kuzatuvchilar, balki xalqaro OAV vakillari ham bugun mamlakatimizda boʻlib turganini qayd etib oʻtdi. OAV vakillarining demokratik jarayonlarni haqqoniy va tezkor yoritishlari, kuzatuvchilarning saylov uchastkalari boʻylab erkin harakat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Sigords Stradinsh tomonidan taʼkidlanganidek, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy-iqtisodiy munosabatlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz mamlakatingizning saylov qonunchiligi va amaliyotini oʻrganish uchun keldik. Tajriba almashish barchamiz uchun foydali.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?