Mamlakatimizning eng kuchli para qilichbozlari aniqlandi

17:56 06 Iyul 2023 Sport
676 0

Xabar berganimizdek, 5-6-iyul kunlari Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi para qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Bugun musobaqaning final bellashuvlari oʻtkazildi va unda mamlakatimizning eng kuchli para qilichbozlari aniqlandi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi jamoasi umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa Toshkent hamda Namangan viloyati jamoalari joy oldi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va medal bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?