Mamlakatimizda tibbiyot oliy oʻquv yurtlariaro oʻqishni koʻchirish tartibi qanday?

11:41 23 Iyul 2022 Jamiyat
474 0

Shu kunlarda oʻzbekistonlik talabalardan oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalar qabul qilish davom etmoqda.

Oʻtgan yili tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalaridan ham oʻqishni koʻchirish boʻyicha koʻplab savollar kelib tushganini inobatga olib, ushbu jarayon haqida batafsil maʼlumot berishni lozim topdik.

2022/2023 oʻquv yili respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar transfer.edu.uz tizimi orqali qabul qilinadi.

2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Prezident farmoni bilan tasdiqlangan yangi tartibga koʻra, faqat ikki holatdagina yurtimiz oliy oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishni koʻchirish uchun ruxsat beriladigan boʻldi:

— talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

— davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi taʼlim shaklidagi mos va turdosh taʼlim yoʻnalishiga (sirtqi taʼlim shakli mavjud boʻlgan taqdirda) davlat granti asosida koʻchirishga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер