Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qoʻllanilgan jami vaksinalar soni 65,3 million dozadan oshdi.

09:32 25 Avgust 2022 Jamiyat
231 0

2022-yil 24-avgust mamlakatimiz hududlari boʻylab 143 588 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 8 352 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 19 406 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 13 317 nafarni,

Buster doza bilan emlanganlar 102 513 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 65 396 493 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 20 960 377 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 17 538 270 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 10 339 749 nafarni,

Buster doza bilan emlanganlar 16 558 097 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Samarqand viloyati (13 978 doza),

Andijon viloyati (13 065 doza),

Namangan viloyati (12 511 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 97,7 foizni tashkil qilmoqda.

12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 2 064 642 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 1 007 060 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 813 256 nafarni,

buster doza bilan emlanganlar 244 326 nafarni tashkil qildi.

Emlash jarayonlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер