Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qoʻllanilgan jami vaksinalar soni 61,6 million dozadan oshdi

09:17 23 Iyul 2022 Jamiyat
722 0

2022-yil 22-iyul mamlakatimiz hududlari boʻylab 153 068 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 6 332 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 11 113 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 9 389 nafarni,

Buster doza bilan emlanganlar 126 234 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 61 639 633 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 20 751 260 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 17 158 320 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 10 059 891 nafarni,

Buster doza bilan emlanganlar 13 670 162 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Toshkent viloyati (27 970 doza),

Andijon viloyati (16 802 doza),

Samarqand viloyati (14 610 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 96,7 foizni tashkil qilmoqda.

12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 1 791 158 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 933 849 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 716 725 nafarni,

buster doza bilan emlanganlar 140 398 nafarni tashkil qildi.

Emlash jarayonlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?