Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qoʻllanilgan jami vaksinalar soni 58,9 million dozadan oshdi

10:50 01 Iyul 2022 Jamiyat
502 0

2022-yil 30-iyun mamlakatimiz hududlari boʻylab 200 071 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

 1-bosqich emlanganlar 11 919 nafarni,

 2-bosqich emlanganlar 14 120 nafarni,

 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 174 032 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 58 960 826 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

 1-bosqich emlanganlar 20 629 357 nafarni,

 2-bosqichda emlanganlar 16 950 334 nafarni,

 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 21 381 135 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

— Toshkent viloyati (37 206 doza),

— Andijon viloyati (23 148 doza),

— Surxondaryo viloyati (18 410 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 96,2 foizni tashkil qilmoqda.

12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 1 657 372 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

 1-bosqich emlanganlar 895 700 nafarni,

 2-bosqichda emlanganlar 688 071 nafarni,

 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 73 601 nafarni tashkil qildi.

Emlash jarayonlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?