Maktablarga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi safarbar qilindi — SSV

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligida oʻtkazilgan maktablarda yangi oʻquv yilini tashkil etishda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi, deyiladi vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabarida.
Sogʻliqni saqlash vazirligi barcha jarayonlarda taʼlim mutasaddilariga maktablarda tibbiy xavfsizlikni taʼminlash borasida koʻmak va tavsiyalarini berib boradi.
Pandemiya sharoitida yangi oʻquv yilini boshlash jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi. Mamlakatimizdagi mavjud 9942 ta maktabda faoliyat koʻrsatadigan 480 ming nafardan oshiq oʻqituvchi va u yerda tahsil olayotgan 6,2 million nafardan ziyod oʻquvchining xavfsizligini taʼminlash Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga ham qator masʼuliyat va vazifalar yuklaydi. Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov shu talabdan kelib chiqib, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hududidagi taʼlim muassasalariga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi biriktirilgani haqida xabar berdi.
Tibbiyot xodimlari maktablarda filtrlarni tashkil etishda ishtirok etadi, ushbu jarayonda tana harorati koʻtarilgan va bemor deb topilgan oʻquvchilar haqidagi maʼlumotni hududdagi tegishli muassasa rahbarlariga yetkazadi. Shuningdek, karantinga olingan xonadon egalariga bemor yoki ular bilan muloqotda boʻlgan bolalarni faqat oila shifokorining ruxsati bilan maktabga yuborish kerakligini tushuntiradi, bemor aniqlangan xonadonda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibini nazorat qiladi.
Bundan tashqari, taʼlim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari maktab jamoasi va oʻquvchilar orasida koronavirus profilaktikasi bilan shugʻullanish, targʻibot tadbirlarini oʻtkazish, amalga oshirilgan ishlar va bemor bolalarning holati boʻyicha mahalliy hokimliklar, xalq taʼlimi muassasalari kabi qator tashkilotlarga tegishli maʼlumotlarni taqdim qilish ishlari bilan shugʻullanishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring