Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi, oʻqituvchilar tomonidan emas — XTV

16:44 02 Sentyabr 2020 Jamiyat
521 0

Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya sharoitida maktab faoliyatini tashkillashtirish uchun oʻqituvchilardan talab etilayotgan turli sanitariya-gigiyena vositalari aks etgan roʻyxatlar tarqalmoqda.

Ushbu taqalayotgan xabarlar yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

"Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida mazkur masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Unda maktablar uchun pirometr va dozatorlar xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazish boʻyicha mutasaddi vazirliklarga topshiriqlar berildi. Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan taʼminlashga esa viloyat hokimliklari masʼul etib belgilandi.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq xalq taʼlimi muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, xususan tegishli hududda umumtaʼlim muassasalariga yordam koʻrsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli maktablarda taʼlim jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham oʻqituvchilar tomonidan xarid qilinmasligini, ota-onalar tomonidan esa faqatgina farzandining sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari uchun tibbiy niqob va shaxsiy antiseptiklar bilan taʼminlanishini maʼlum qilamiz.

Pandemiya sharoitida umumtaʼlim maktablarga pirometr, dezinfeksiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar markazlashgan holatda yetkazib beriladi.

Hurmatli oʻqituvchilarimizdan maktablarida bu kabi holat kuzatilayotgan boʻlsa huquqni muhofaza qilish organlarga murojaat qilishingizni soʻraymiz".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?