Maktablar uchun Milliy oʻquv dasturi boʻyicha 296 nomdagi yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari yaratildi

17:50 08 Avgust 2022 Jamiyat
480 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Joriy yilda Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarida 100 ming nafar, “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi orqali 87 ming nafar tizim xodimlari oʻz malakasini oshirdi. Natijada toifaga ega oʻqituvchilar soni 220 110 nafardan 325 818 nafarga yoki 43,8 foizdan 64,8 foizga oshdi. Shuningdek, oʻqituvchilarning kasbiy malakasini oshirish maqsadida jami 176 nafar xorijiy ekspert va pedagog jalb qilindi.

2021-2022 oʻquv yili davomida maktab bitiruvchilarining 9 514 nafariga oltin va 1 999 nafariga kumush medallar topshirildi. Xususan, yurtimiz maktab oʻquvchilari nufuzli xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida ham katta natijalarga erishdi. Xususan:

xalqaro olimpiadalarida — 6 ta medal (4 ta kumush, 2 ta bronza);

mintaqaviy olimpiadalarda — 39 ta medal (3 ta oltin, 13 ta kumush, 23 ta bronza) qoʻlga kiritildi.

Buning natijasida oʻquvchilarimiz va ularning ustozlari jami 778,5 mln. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?